Javohir Sindarov Fabiano Karuana bilan durang o‘ynadi

12-aprel 2026 09:40 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: FIDE

Nomzodlar turnirining 11-turida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov amerikalik Fabiano Karuana bilan muhim bahsda durang qayd etdi. Natijada u 8,5 ochko bilan musobaqadagi peshqadamligini saqlab qoldi.

Partiya davomida Fabiano Karuana g‘alaba qozonish maqsadida to‘liq hujumkor o‘yin namoyish etdi. Bunga javoban Javohir Sindarov himoyada ishonchli harakat qilib, qarshi hujumlar orqali raqibini durangga rozi bo‘lishga majbur qildi.

Turnir jadvalidagi asosiy ta’qibchi hisoblangan niderlandiyalik Anish Giri ham ushbu turda o‘z partiyasini durang bilan yakunladi. Shunday qilib, 11 ta turdan keyin Sindarov eng yaqin ta’qibchisidan 2 ochkolik farq bilan oldinda bormoqda.

Foto: FIDE

Musobaqa tugashiga yana 3 ta tur qoldi. Nazariy hisob-kitoblarga ko‘ra, Sindarov qolgan 3 ta partiyada 1,5 ochko jamg‘arsa, boshqa raqiblarning natijalaridan qat’i nazar chempionlikni kafolatlaydi.

Shuningdek, 13-turda Anish Giri bilan kamida durang qayd etilgan taqdirda, chempionlik uchun 1 ochko ham yetarli bo‘lishi ehtimoli mavjud. Navbatdagi turda Javohir Sindarov amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi oq donalarda bahslashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov Pragnanandhaga qarshi bahsda g‘alaba qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek