SpaceX Starship va Super Heavy raketalarini uchirishdan oldingi sinovlarga olib chiqdi

eʼlon qilindi
Keyingi parvozga tayyorgarlik doirasida mazkur raketalar statik yondirish sinovlaridan o‘tkazilishi kutilmoqda
Foto: x.com / SpaceX

12-aprelida SpaceX kompaniyasi yangi avlod Super Heavy tezlatkichi va Starship V3 kemasini parvoz oldidan sinovdan o‘tkazish uchun uchirish majmuasiga olib chiqdi.

Foto: x.com / SpaceX

E’lon qilingan suratlarda tezlatkichdagi 33 ta Raptor 3 dvigateli tashqi issiqlikdan himoya ekranlarisiz ekanligini ko‘rish mumkin. Ular avvalgi versiyalarga nisbatan yengilroq hamda kuchliroq bo‘lib, raketaning yuqori bosqichi ham aynan yangi dvigatellar bilan jihozlangan.

Foto: x.com / SpaceX

Yangi Starship V3 kemasining balandligi 124,4 metrni tashkil etadi. Uning konstruksiyasi yaxshilangan bo‘lib, to‘liq ko‘p martalik foydalanish rejimida pastki Yer orbitasiga 100 tonnadan ortiq yuk olib chiqish imkoniyatiga ega.

Foto: x.com / SpaceX

Avvalroq Kursiv Uzbekistan NASA astronavtlari kosmosga ilk bor smartfon olib chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek