
14-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutiladi. Harorat kechasi 10–18°, kunduzi esa 24–32° atrofida bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 27–29° | 13–15° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 24–29° | 13–18° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 27–32° | 13–18° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 25–30° | 10–15° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 27–32° | 13–18° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 25–30° | 10–15° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Tog‘oldi va tog‘li hududlar | 18–23° | 7–12° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 14 – 17-aprel kunlari sel xavfi e’lon qilingan edi.