Yangiliklar

Dollar pastladi: 14-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

13-aprel kuni esa 9,69 so‘mga pasayib, 12 158,59 so‘mni tashkil etgan edi
Где выгодно обменять доллар в Узбекистане 11 апреля
Foto: Giorgio Trovato / Unsplash

14-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 32,49 so‘mga pasayib, 12 126,10 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida  shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

7-aprelda esa 4,67 so‘mga oshib, 12 175,34 so‘mni tashkil etdi. 8-aprelda 32,74 so‘mga oshib, 12 208,08 so‘mga, 9-aprelda esa 20,50 so‘mga oshib, 12 228,58 so‘mga yetdi. 10-apreldan AQSh valyutasi pasayishni boshladi: shu kuni 30,3 so‘mga pasayib, 12 198,28 so‘m bo‘ldi. 13-aprel kuni esa 9,69 so‘mga pasayib, 12 158,59 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 67,15 so‘mga pasayib, 14 171,77 so‘mni, rubl esa 1,23 so‘mga oshib, 159,11 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.