Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini bloklashni buyurdi

eʼlon qilindi
Tramp bu haqda Truth Social tarmog‘ida yozgan
Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini bloklashni buyurdi
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Hormuz bo‘g‘ozini bloklashni buyurdi. Bu haqda Oneinvest.com nashri xabar bermoqda.

Tramp bu haqda Truth Social tarmog‘ida yozgan. Uning aytishicha, AQSh harbiy-dengiz kuchlari bo‘g‘ozga kiruvchi va undan chiquvchi barcha kemalarni to‘xtata boshlaydi. U, shuningdek, Eron tranzit uchun to‘lov olgan kemalarni xalqaro suv hududida ushlab qolish bilan tahdid qildi. U Eronni «tovlamachilik»da ayblamoqda.

Trampga ko‘ra, AQSh harbiylari bo‘g‘ozda o‘rnatilgan minalarni yo‘q qilishni ham boshlaydi. U Eronni keskin tanqid qilib, mamlakatni juda og‘ir ahvolda deb atagan. Bu bayonot 11-aprel kuni AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlangach yangradi. Uchrashuv 20 soatdan ortiq davom etgan. Tomonlar ko‘plab masalalarda kelishgan, biroq Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muhim kelishuvga erishilmagan.

Hormuz bo‘g‘ozi dunyodagi eng muhim energetika yo‘laklaridan biri hisoblanadi. U orqali global neft va gaz eksportining qariyb 20 foizi o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh va Eron o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari kelishuvsiz yakunlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek