Gadjetlar

Huawei Nova 16 seriyasi katta batareya bilan chiqishi kutilmoqda

Batareya 7 ming mA·soatgacha yetishi kutilmoqda
Huawei
Foto: huaweicentral

Huawei kompaniyasining yangi avlod smartfonlari Nova 16 seriyasi haqida yangi insayder ma’lumotlari paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, qurilmalar bir qator texnik yangilanishlar va kuchli apparat imkoniyatlari bilan taqdim etilishi mumkin.

Ma’lumotlarda Nova 16 seriyasining eng muhim yangiliklaridan biri katta sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 7 ming mA·soatgacha yetishi kutilmoqda. Bu esa smartfonlarning uzoq vaqt zaryadsiz ishlash imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

Shuningdek, yangi modellarda old va orqa qismga o‘rnatilgan ikki xil multispektral sensorlar qo‘llanilishi haqida ham ma’lumotlar bor. Bu kamera tizimi tasvir sifati va ranglarni aniqlashda yanada yuqori natijalar berishi mumkin.

Qurilmalar yangi avlod Kirin protsessorlari asosida ishlashi rejalashtirilgan. Turli modellarda Kirin 8-seriya chipidan tortib, yuqori darajadagi Kirin 9020 platformasigacha qo‘llanilishi ehtimol qilinmoqda. Bu esa seriya ichida turli segmentdagi foydalanuvchilar uchun mos variantlar bo‘lishini anglatadi.

Bundan tashqari, Nova 16 smartfonlarida yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, metall korpus va takomillashtirilgan simsiz zaryadlash tizimi ham joriy etilishi mumkin. Dizayn jihatidan esa orqa panel yangilangan ko‘rinishda bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Nova 15, Nova 15 Pro va Nova 15 Ultra’ning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida yozgandi.