Markaziy bank mart oyida 20 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi mart oyida jami 7 ta yig‘ilish davomida 29 ta masala ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita tomonidan eng e’tiborli choralar prudensial talablarni buzgan banklarga nisbatan qo‘llandi. Xususan, 17 ta bankka qonunchilik va normativ talablarni to‘liq bajarmagani uchun ogohlantirish berildi. Bundan tashqari, tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 20 ta bank, 89 ta mikromoliya tashkiloti hamda 79 ta lombardga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Hisobotda qayd etilishicha, mart oyida ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 17 ta masala ko‘rib chiqilgan. Ular orasida kredit tashkilotlari ustaviga o‘zgartirishlar kiritish (4 ta), ustav fondidagi ulushlarga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), auditorlik faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish hamda bank kuzatuv kengashi va boshqaruviga nomzodlarni ko‘rib chiqish (9 ta) kabi yo‘nalishlar mavjud.
Shuningdek, moliyaviy barqarorlik bilan bog‘liq 12 ta masala muhokama qilindi. Unda Markaziy bank ko‘rsatmalarining bajarilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, shuningdek, moliyaviy xizmatlarni tartibga solish qumdoni doirasida sinovdan o‘tkazish jarayonlari tahlil qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank fevral oyida 11 ta bankka nisbatan jarima qo‘llagani haqida yozgandi.