
Umumiy quvvati 228 MVt bo‘lgan Norin GESlar kaskadi tarkibidagi Norin GES-4 obyektida qurilishning dastlabki bosqichi boshlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Hozirda qurilish maydonida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Maxsus texnikalar yordamida asosiy gidrotexnik inshootlar uchun hudud tayyorlanmoqda. Mazkur bosqich murakkab muhandislik jarayonlarini o‘z ichiga oladi. U keyingi qurilish ishlari uchun mustahkam poydevor yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev va Japarov telefonda Qambarota GES qurilishi hamda boshqa sohalarni muhokama qilgani haqida yozgan edi.
Tomonlar tovar ayirboshlash hajmining barqaror sur’atda o‘sib borayotganini qayd etib, sanoat kooperatsiyasi doirasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li hamda Qambarota GES qurilishi kabi yirik infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha hamkorlik davom etayotgani bildirilgan.