Yangiliklar

Ochiqlik indeksi – 2025: «O‘zbekgidroenergo» va Navoiy KMK reytingda yetakchi

Eng past natija «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan qayd etildi
Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston hokimliklar ichida yetakchi — Jamoatchilik kengashlari reytingi tuzildi
Ochiqlik indeksi – 2025: «O‘zbekgidroenergo» va Navoiy KMK reytingda yetakchi / Foto: Facebook

Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik darajasini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi – 2025 natijalari e’lon qilindi. Unda «O‘zbekgidroenergo» AJ va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ yetakchi o‘rinni egalladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan ochiqlik indeksi natijalariga ko‘ra, yetakchilar qatoridan «O‘zbekgidroenergo» AJ, Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ va «O‘zavtosanoat» AJ joy oldi. Shuningdek, Transport nazorati inspeksiyasi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yuqori natija qayd etgan tashkilotlar sirasiga kirdi.

Vazirlik va idoralar orasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Issiqlik elektr stansiyalari, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi ham yetakchi guruhdan joy oldi.

Reytingning o‘rta qismida Turizm qo‘mitasi, Energetika vazirligi va Xalq banki qayd etildi. Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi o‘rtacha natija ko‘rsatgan tashkilotlar qatoriga kirgan.

Past natija ko‘rsatganlar orasida «O‘ztransgaz» AJ, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bor. Reytingning quyi qismida esa «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahalliy hokimliklar faoliyati samaradorligi va ochiqligi kesimidagi Ochiqlik indeksi – 2025 e’lon qilingan edi.