Yangiliklar

Ochiqlik indeksi–2025: poytaxt hokimligi eng yopiq hududlar qatorida yetakchilikni egalladi

Reytingda eng yuqori natijalarni Xorazm viloyati va Jizzax viloyati hokimliklari qayd etdi
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi
Foto: IHMA

Ochiqlik indeksi–2025 natijalariga ko‘ra, mahalliy hokimliklar faoliyati samaradorligi va ochiqligi kesimida Xorazm viloyati yuqori o‘rinni, Toshkent shahar hokimligi esa eng quyi pog‘onani egalladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Reytingda eng yuqori natijalarni Xorazm viloyati va Jizzax viloyati hokimliklari qayd etib, har biri 88,4 ball bilan yetakchilikni bo‘lishdi. Ulardan keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati (88,2 ball) joylashdi. Shuningdek, Samarqand viloyati (80,7) va Navoiy viloyati (78,9) ham yuqori — «yashil» toifadan o‘rin oldi.

O‘rtacha natijalar qayd etilgan «sariq» toifaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (68,4), Farg‘ona viloyati (62,6), Namangan viloyati (56,6) hamda Surxondaryo viloyati (56,0) kiritildi.

Eng past natijalar esa «qizil» toifada qayd etildi. Xususan, Sirdaryo viloyati hokimligi 49,2 ball, Toshkent viloyati 47 ball, Andijon viloyati 43 ball bilan baholandi. Eng past ko‘rsatkich Toshkent shahri hokimligiga tegishli bo‘lib, u 40 ball bilan reytingning oxirgi pog‘onasini egalladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Oʻzbekistonda 2024-yilgi vazirlik va davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksi eʼlon qilingani haqida yozgandi.