Avto

Tesla avtomobillarida oynatozalagichlarni yangiladi

Butun avtopark uchun masofadan turib boshqarishni joriy etdi
Tesla
Foto: Tesla

Tesla kompaniyasi o‘z avtomobillarida avtomatik oynatozalagichlar (dvoriklar) ishini yaxshilab, butun avtopark uchun masofadan turib boshqarishni joriy etdi. Bu haqda Teslarati nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangilanish yangi algoritm asosida ishlaydi va kamera orqali atrof-muhitni tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu tizim qo‘shimcha uskunalarsiz, faqat dasturiy o‘zgarishlar orqali joriy etilgani bilan e’tiborga molik.

Avvalroq Tesla avtomobillari egalari avtomatik dvoriklar ishlashidan ko‘plab shikoyatlar bildirgan edi. Xususan, yomg‘ir paytida tizimning kechikib ishga tushishi yoki aksincha, quyoshli havoda ortiqcha tezlikda ishlashi kabi muammolar kuzatilgan.

Yangilanish aynan shu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Kompaniya vakillariga ko‘ra, endilikda tizim yomg‘ir, tuman va boshqa ob-havo sharoitlariga aniqroq moslashib, oynani samaraliroq tozalashi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Niderlandiya Yevropada Tesla’ning to‘liq avtopilotini ma’qullagan ilk davlat bo‘lgani haqida yozgandi.