Vengriya parlamet saylovida Viktor Orban mag‘lub bo‘ldi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida mag‘lubiyatini tan oldi. U muxolifatdagi «Tisa» partiyasini g‘alaba bilan tabrikladi.
Partiya yetakchisi Peter Madyar Orban uni telefon orqali tabriklaganini ma’lum qildi. U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Orban matbuot anjumanida saylov natijalari aniq ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu natijalar «Fides» partiyasi uchun og‘ir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, byulletenlarning qariyb 72 foizi sanalgan. «Tisa» partiyasi 53 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. «Fides» esa 38 foiz ovoz olgan. Parlamentda «Tisa» 199 o‘rindan 138 tasini qo‘lga kiritmoqda. «Fides»ga 54 o‘rin nasib etgan.
Qonunchilikka ko‘ra, kamida 100 o‘rin olgan partiya hukumat tuzishi mumkin. 133 o‘rin esa konstitutsion ko‘pchilikni ta’minlaydi. Saylov ertalab soat 06:00 da boshlangan. 106 o‘rin bir mandatli okruglarda beriladi. Qolgan 93 o‘rin partiya ro‘yxatlari orqali taqsimlanadi.
Bu saylovda 16 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Orban yetakchiligidagi «Fides» partiyasi va Madyar boshchiligidagi «Tisa» asosiy raqobatchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston, Ozarbayjon va Vengriya rahbari uchrashgani haqida yozgan edi.