Xorijlik talabalar uchun stipendiya, Sindarov uchun omadli kechayotgan Nomzodlar turniri — 13-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Dolce & Gabbana modalar uyida rahbariyat o‘zgardi
Xorijlik talabalar uchun stipendiya, Sindarov uchun omadli kechayotgan Nomzodlar turniri — 13-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Prezident matbuot xizmati

Xorijlik talabalar uchun stipendiya, Sindarov uchun omadli kechayotgan Nomzodlar turniri — 13-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini bloklashni buyurdi

Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini bloklashni buyurdi
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Hormuz bo‘g‘ozini bloklashni buyurdi. Bu haqda Oneinvest.com nashri xabar bermoqda.

Tramp bu haqda Truth Social tarmog‘ida yozgan. Uning aytishicha, AQSh harbiy-dengiz kuchlari bo‘g‘ozga kiruvchi va undan chiquvchi barcha kemalarni to‘xtata boshlaydi. U, shuningdek, Eron tranzit uchun to‘lov olgan kemalarni xalqaro suv hududida ushlab qolish bilan tahdid qildi. U Eronni «tovlamachilik»da ayblamoqda.

Vengriya parlament saylovida Viktor Orban mag‘lub bo‘ldi

Vengriya parlamet saylovida Viktor Orban mag‘lub bo‘ldi
Foto: Anadolu

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida mag‘lubiyatini tan oldi. U muxolifatdagi «Tisa» partiyasini g‘alaba bilan tabrikladi.

Partiya yetakchisi Peter Madyar Orban uni telefon orqali tabriklaganini ma’lum qildi. U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Orban matbuot anjumanida saylov natijalari aniq ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu natijalar «Fides» partiyasi uchun og‘ir bo‘lgan.

Nomzodlar turniri: Sindarov Nakamura bilan durang o‘ynab, musobaqa g‘olibligiga yaqinlashdi

Жавохир Синдаров
Foto: FIDE

Shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnirining 12-turida peshqadam Javohir Sindarov dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamura bilan durangga imzo chekdi.

O‘zaro partiyadan so‘ng Hikaru Nakamura hisobidagi ochkolar 5,5 tani tashkil qildi. Javohir Sindarov o‘yindan keyingi izohida hozirgi vaziyatda uzoq va og‘ir partiya o‘ynash uchun sabab ko‘rmaganini ta’kidladi.

500 nafar xorijlik talaba uchun «Yangi O‘zbekiston stipendiyasi» dasturi ishga tushiriladi

500 nafar xorijlik talaba uchun «Yangi O‘zbekiston stipendiyasi» dasturi ishga tushiriladi
Foto: UIS

Prezident farmoni bilan 500 nafar xorijlik talaba uchun «Yangi O‘zbekiston stipendiyasi» dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Bu mablag‘lar oliy ta’lim muassasalarida to‘ldirilmagan grant o‘rinlari hisobidan shakllantiriladi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab xorijiy talabalarni qabul qilish jarayoni ham yangilanadi. Endi ular Study in Uzbekistan platformasi orqali hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi.

Ishdagi ishq: o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pi hamkasbiga oshiq bo‘lgan

Ishdagi ishq: o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pi hamkasbiga oshiq bo‘lgan
Ishdagi ishq: o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pi hamkasbiga oshiq bo‘lgan / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

HeadHunter (hh.uz) platformasi tomonidan 900 nafar ish beruvchi va ish izlovchi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 54 foizi kamida bir marta hamkasbiga nisbatan iliq his-tuyg‘ularni boshdan kechirgan. Bu haqda platforma matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Ularning 34 foizi bu hislar o‘zaro bo‘lganini, 13 foizi yashirin qolganini, 7 foizi esa javobsiz muhabbat bo‘lganini bildirgan. Shu bilan birga, 46 foiz ishtirokchi bunday holatni boshdan kechirmaganini qayd etgan.

Namanganda Hindiston kompaniyasi bilan 50 mln dollarlik memorandum imzolandi

Namangan
Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi hamda Hindistonning Krsnaa Diagnostics Ltd kompaniyasi o‘rtasida $50 million miqdorida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Hujjat hududda tibbiyot sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va zamonaviy diagnostika xizmatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Donald Tramp Rim papasini keskin tanqid qildi

Foto: CNN

AQSh prezidenti Donald Tramp Rim papasi Leo XIV ning Eron urushi bo‘yicha pozitsiyasini qoralab, «u tashqi siyosat uchun dahshatli» ekanini ta’kidladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Tramp 12-aprel kungi bayonotida papani Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga e’tiroz bildirmaslikda aybladi. U, shuningdek, papani Venesuela inqiroziga aralashganlikda va jinoyatchilikka nisbatan zaiflikda ham aybladi.

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Foto: Xalq ta’limi Info

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanadi.

Yangi tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, 1-sinfga davlat xizmati orqali qabul qilinadigan tuman va shaharlar soni avvalgi 64 tadan 135 taga oshirilgan. Ushbu elektron tizim doirasida xizmat ko‘rsatuvchi maktablar soni esa 1 ming 956 tadan 5 ming 689 taga yetgan. Qabul jarayoni my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Dolce & Gabbana modalar uyida rahbariyat o‘zgardi

Dolce & Gabbana’da rahbariyat o‘zgardi
Foto: Getty images

Italiyaning mashhur Dolce & Gabbana modalar uyida rahbariyat tarkibi o‘zgardi. Kompaniya sobiq Gucci rahbari Stefano Kantinoni qo‘shma bosh direktor lavozimiga tayinladi.

Mazkur qaror asoschilaridan biri Stefano Gabbana kompaniyadagi rahbarlik lavozimlarini tark etganidan so‘ng qabul qilindi. U o‘tgan yil dekabr oyida raislikdan ketgan edi. Hozirda kompaniyada Domeniko Dolchening akasi Alfonso Dolche bosh direktor lavozimida ishlamoqda. U yanvar oyidan boshlab raislik vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan.

Kontrakt pulining 12 foizini qanday qaytarib olish mumkin — qo‘llanma

O‘zbekistonda ko‘pchilik bilmaydigan, ammo juda foydali imkoniyatlardan biri – kontrakt to‘lovining bir qismini qaytarib olish. Agar siz universitetda o‘qish uchun pul to‘lagan bo‘lsangiz, davlat tomonidan beriladigan soliq imtiyozi orqali ushbu summaning 12 foizigacha qismini qaytarib olishingiz mumkin.

Kursiv Uzbekistan ushbu qo‘llanma bilan kontrakt to‘lovining bir qismini qaytarib olishda sizga yaqindan yordam beradi.

Shuningdek