Avto

Chevrolet kompaniyasi yangi avtomobilini qachon taqdim etadi

Model reklama roligi suratga olinayotgan paytda tasvirga tushgan
Chevrolet kompaniyasi yangi avtomobilini qachon taqdim etadi
Foto: GMAutority

Chevrolet kompaniyasining yangi Chevrolet Sonic 2027 avtomobili rasmiy taqdimotdan oldin Braziliyada ommaga namoyish etildi. Model reklama roligi suratga olinayotgan paytda tasvirga tushgan.

Suratlarda kulrang rangdagi RS komplektatsiyadagi versiya aks etgan. Yangi Sonic krossoveri dizayni jihatidan hozirgi avlod Onix xetchbekiga asoslangan. Avtomobil tom qismi, old oynasi va yon eshiklari bo‘yicha o‘xshashlikni saqlab qolgan. Shu bilan birga, old va orqa qismi to‘liq yangilangan.

Foto: GMAutority

Model yo‘ldan balandroq klirens, kattaroq g‘ildiraklar, plastik himoya elementlari va relsli tom bilan jihozlangan. Bu esa unga krossoverga xos ko‘rinish beradi. Dizayn jihatidan yangi model Equinox EV’dan ilhomlangan. Ayniqsa, old va orqa chiroqlar shaklida zamonaviy va keng ko‘rinish beruvchi elementlar qo‘llangan. Avtomobil GM’ning GEM platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Foto: GMAutority

Yangi Sonic krossoveri yaqin haftalarda Braziliyada rasman taqdim etiladi. Model ikkinchi chorak o‘rtalarida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Kompaniya uni segmentdagi eng ommabop avtomobillardan biriga aylantirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Tracker sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.