
15-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 15,28 so‘mga oshib, 12 141,38 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
8-aprelda 32,74 so‘mga oshib, 12 208,08 so‘mga, 9-aprelda esa 20,50 so‘mga oshib, 12 228,58 so‘mga yetdi. 10-apreldan AQSh valyutasi pasayishni boshladi: shu kuni 30,3 so‘mga pasayib, 12 198,28 so‘m bo‘ldi. 13-aprel kuni 9,69 so‘mga pasayib, 12 158,59 so‘mni, 14-aprel kuni esa 32,49 so‘mga pasayib, 12 126,10 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 171,7 so‘mga oshib, 14 313,47 so‘mni, rubl esa 1,15 so‘mga oshib, 160,26 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.