Yangiliklar

Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida muddatidan avval chempion bo‘ldi

Bu orqali u jahon toji uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi
Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida muddatidan avval chempion bo‘ldi / Foto: Sports

O‘zbekistonlik yosh grossmeyster Javohir Sindorov Kiprning Peyya shaharchasida o‘tkazilayotgan, mukofot jamg‘armasi 1 mln yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

13-turda u asosiy raqiblaridan biri, niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va ochkolari sonini 9,5 taga yetkazdi. Ushbu natija unga muddatidan oldin chempionlikni naqd qilish imkonini berdi.

Shu tariqa so‘nggi tur natijalaridan qat’i nazar, boshqa ishtirokchilar Sindarovni ortda qoldira olmaydigan holat yuzaga keldi va vatandoshimiz turnir g‘olibiga aylandi.

Mazkur g‘alaba orqali Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun da’vogarlar turniridagi muvaffaqiyatini ta’minlab, amaldagi jahon chempioni hindistonlik Dommaraju Gukesh bilan jahon toji uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Nomzodlar turnirining 12-turida Javohir Sindorov dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamura bilan durang natija qayd etgan edi.