Lifestyle

Oqtepa Lavash’dagi tandir lavash xarid qilishga arziydimi?

Kutilgan natija bilan real holat o‘rtasida esa biroz farq bor
Oqtepa Lavashdagi tandir-lavash xarid qilishga arziydimi?
Foto: Oqtepa Lavash

Kursiv Uzbekistan nashri yangi «Men tatib ko‘rdim» ruknini taqdim etadi. Unda Toshkentning turli tamaddixonalardagi taomlar xolis va ochiq baholanadi. Birinchi sonda «Kursiv» muxbiri Lalita Kim Minor filialidagi Oqtepa Lavash’ga borib, 42 ming so‘mlik tandir lavashni tatib ko‘rdi.

Kutilgan 400 gramm qayerda?

Fast fud tarmog‘i taqdim etgan reklama suratlariga ko‘ra, lavash juda katta va to‘yimli ko‘rinadi. Unda kunjut sepilgan xamir, yirik pishloq bo‘lagi, shirali donar go‘shti va sabzavotlar aks etgan. Amalda esa tayyor mahsulot 365 gramm chiqdi. Shundan 179 grammi xamir, 186 grammi esa «nachenka» bo‘lgan. Bu esa va’da qilingan 400 grammga yetmaydi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Tarkibida maxsus sous, go‘sht, pomidor, chips, mayonez, pishloq va ko‘p miqdorda kunjut bor. Lavash tandirda pishiriladi, shu sababli xamirining o‘ziga xos ta’mi seziladi.

Ta’m va tuzilma: kuchli tomonlar

Lavashning asosiy ustunligi uning yumshoqligida. Xamir juda mayin, yeyish oson. Ichidagi souslar va pomidorlar sababli mahsulot shirali chiqqan. Ko‘katlar esa ta’mni yanada boyitadi. Go‘sht sifati ham yaxshi, u yumshoq va shirin.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Biroq kamchiliklar ham bor. Kunjut juda ko‘p sepilgan va tez to‘kiladi. Lavashni qog‘ozdan chiqarishingiz bilan stolga urug‘lar sochilib ketadi. Yana bir muhim jihat — pishloq deyarli sezilmaydi. Nomida bor bo‘lsa ham, ta’mda u yo‘qolib ketgan.

Umumiy baho va xulosa

Umumiy taassurot ijobiy. Ta’m jihatidan lavash 8 ballga loyiq. Kutilgan natija bilan real holat o‘rtasida esa biroz farq bor. Atmosfera oddiy, lekin qulay. Eng katta ustunlik — to‘qlik hissi, porsiya yetarli darajada katta.

Baho:

Ko‘rsatkichBaho
Ta’m8/10
Kutilgan vs reallik7/10
Kayfiyat / vibe8/10
To‘qlik / qoniqish10/10
Narx / qiymat hissi9/10

Narx va sifat nisbati yomon emas. O‘rtacha baho 8,4 ballni tashkil etdi. Bu lavashni vaqti-vaqti bilan sotib olish mumkin. U ayniqsa yumshoq xamir va shirali «nachenka»ni yoqtiradiganlarga mos keladi. Ammo pishloq ta’mini kutganlar biroz hafsalasi pir bo‘lishi mumkin.