Sport

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi JChni yirik g‘alaba bilan boshladi

Hisob – 26:1
O‘zbekiston xokkey terma jamoasi JChni yirik g‘alaba bilan boshladi
Foto: O‘zbekiston xokkey federatsiyasi

Gonkongda o‘tayotgan JCHda O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Mongoliyani 26:1 hisobida mag‘lub etdi va o‘yinda to‘liq ustunlik namoyish qildi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan boshlab o‘zbekistonliklar tashabbusni qo‘lga oldi va tezkor hujumlar orqali hisobni ochdi. Birinchi bo‘limdayoq jamoa 11 ta shayba kiritdi va o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi. Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik davom etdi. O‘zbekiston yana 7 ta gol urdi, raqib esa faqat bir bor javob qaytara oldi. Maydondagi nazorat to‘liq o‘zbekistonliklar qo‘lida qoldi va bosim tobora kuchaydi.

Foto: O‘zbekiston xokkey federatsiyasi

Uchinchi bo‘limda jamoa yakuniy ustunlikni mustahkamladi. O‘zbekiston yana 8 ta shayba kiritib, o‘yinni yirik hisobda yakunladi. Yakunda zarbalar bo‘yicha ham katta farq kuzatildi, o‘zbekistonliklar darvozaga 78 marta aniq zarba yo‘lladi, Mongoliya esa 21 marta.

Foto: O‘zbekiston xokkey federatsiyasi

Uchrashuvning eng samarali futbolchisi Kravchenko bo‘lib, u 4 ta shayba kiritdi. Shuningdek, Jilov, Sinyavskiy va Azimov uch martadan gol urdi. Tilaxodjayev, Rustamxonov va Maltsev ikki martadan farq qildi, yana bir qator o‘yinchilar bittadan shayba bilan hisobini ochdi.

Hisob – 26:1.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston U18 xokkey terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgani haqida yozgan edi.