Yangiliklar

O‘zbekistonlik futbolchi Kambodja terma jamoasida to‘p suradi

30 yoshli yarim himoyachi 2026-yilgi Janubi-sharqiy Osiyo kubogida Kambodja sharafini himoya qiladi
Foto: LinkedIN / Alisher Mirzaev

Kambodja terma jamoasi 2026-yilgi Janubi-sharqiy Osiyo (ASEAN) kubogiga tayyorgarlik doirasida o‘zbekistonlik 30 yoshli yarim himoyachi Alisher Mirzayevni mahalliylashtirmoqda.

Kambodja milliy terma jamoasi bo‘lajak ASEAN kubogida jami 9 nafar mahalliylashtirilgan o‘yinchi bilan o‘z tarkibini kuchaytiradi. Ularning qatoridan joy olgan Mirzayev 2020/2021-yilgi mavsumdan buyon Kambodja chempionatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yarim himoyachi joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. O‘zbekistonlik futbolchi bungacha mahalliy «Surxon», «Navbahor» hamda «Obod» jamoalari sharafini himoya qilgan. Sportchi hozirgi kunda Kambodjaning «Kompong Deva» klubida harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Mirzayev 2012-yilgi 16 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati g‘olibi sanaladi. O‘shanda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi finalda Yaponiyalik tengqurlarini penaltilar seriyasida 3:1 hisobida taslim etgan edi.

Avvalroq o‘zbekistonlik futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.