Yangiliklar

Sud Donald Trampning 10 mlrd dollarlik da’vosini rad etdi

Jurnalistlar material tayyorlash jarayonida Trampning o‘zi, AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosiga murojaat qilgan
Sud Donald Trampning $10 mlrdlik da’vosini rad etdi
Foto: Getty images

AQSh Florida okrug sudi prezident Donald Trampning The Wall Street Journal nashriga qarshi kiritilgan $10 mlrdlik da’voni qanoatlantirmadi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Ish 2025-yil iyulda chop etilgan maqola bilan bog‘liq edi. Maqolada Tramp tomonidan Jeffrey Epstaynga yuborilgani aytilgan tabriknoma haqida so‘z borgan. Tramp ushbu hujjatni yuborganini rad etgan va nashrni sudga bergan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, jurnalistlar material tayyorlash jarayonida Trampning o‘zi, AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosiga murojaat etgan. Bu esa tekshiruv olib borilganini ko‘rsatadi. Shu sababli sud da’vo talab qilinadigan darajaga yetmaganini qayd etdi. Biroq Tramp 27-aprelgacha da’voni qayta ko‘rib chiqib, yana topshirish huquqiga ega.

Trampning bu da’vosi mediaga qarshi birinchi ish emas. Avvalroq u BBC mediakompaniyasini ham sudga bergan edi. Shundan keyin BBC teleradiokompaniyasi AQSh prezidentidan 2024-yili efirga uzatilgan Panorama dasturidagi montaj xatosi uchun rasmiy ravishda uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Donald Tramp Rim papasini keskin tanqid qilgani haqida yozgan edi.