
16-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
9-aprelda esa 20,50 so‘mga oshib, 12 228,58 so‘mga yetdi. 10-apreldan AQSh valyutasi pasayishni boshladi: shu kuni 30,3 so‘mga pasayib, 12 198,28 so‘m bo‘ldi. 13-aprel kuni 9,69 so‘mga pasayib, 12 158,59 so‘mni, 14-aprel kuni esa 32,49 so‘mga pasayib, 12 126,10 so‘mni tashkil etdi. 15-apreldan dollar oshishni boshladi: shu kuni 15,28 so‘mga oshib, 12 141,38 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 49,29 so‘mga oshib, 14 362,76 so‘mni, rubl esa 1,83 so‘mga oshib, 162,09 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.