
Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Xelen Sand Andresen o‘z faoliyatini rasman boshladi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
15-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Xelen Sand Andresenni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida elchining ishonch yorliqlari qabul qilindi va uning O‘zbekistondagi diplomatik faoliyati rasman boshlandi.
TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida qayd etishicha, O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi hamkorlikda hali to‘liq ishga solinmagan katta salohiyat mavjud. Tomonlar ushbu imkoniyatlarni turli sohalarda yanada kengaytirishga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning BAAdagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlangan edi.