
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida opasining qotiliga aylangan fuqaro ishi ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.
Voqea uy snosiga ajratilgan tovon puli ustidagi janjal sabab yuzaga kelgan. Sud materiallariga ko‘ra, 36 yoshli erkak mast holatda opasining uyiga kelgan va spirtli ichimlik ichgan. Suhbat davomida u kompensatsiya pulidan ulush so‘ragan. 41 yoshli opa bu talabni rad etgan va pulning bir qismini allaqachon berib bo‘lganini aytgan.
Shundan so‘ng janjal kelib chiqqan. Erkak jahli chiqib, oshxona pichog‘i bilan opasining ko‘krak qafasiga zarba bergan. Ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Sudda sudlanuvchi aybini tan oldi va yengillik so‘ragan. U avval ham Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri bloger Sanjabek Karimov ustidan sud jarayoni boshlanishi haqida yozgan edi.