Lifestyle

Xitoyda erkak 20 yil davomida ichakda termometr bilan yashagan

U ushbu termometrni o‘smirlik davrida tasodifan yutib yuborgan
Xitoyda erkak 20 yil davomida ichakda termometr bilan yashagan
Xitoyda erkak 20 yil davomida ichakda termometr bilan yashagan / Foto: Weibo

Xitoyda 32 yoshli erkak 20 yil avval tasodifan yutib yuborgan simobli termometr uning ichak qismida qolib ketgani aniqlanib, shifokorlar tomonidan olib tashlandi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, erkak qorin og‘rig‘i shikoyati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Tekshiruvlar davomida uning o‘n ikki barmoqli ichagida begona jism borligi aniqlangan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u ushbu termometrni o‘smirlik davrida tasodifan yutib yuborgan, biroq qo‘rquv sababli bu haqda ota-onasiga aytmagan va vaqt o‘tishi bilan voqeani unutib yuborgan.

Shifokorlar termometr ichak devoriga yaqin joylashgani va teshilish hamda ichki qon ketish xavfi borligini hisobga olib, uni zudlik bilan olib tashlashgan. Tibbiy muolaja muvaffaqiyatli o‘tgan va buyum butun holatda chiqarib olingan.

Mutaxassislar qayd etishicha, termometrdagi suyuqlik va ko‘rsatkichlar uzoq vaqt ichida butunlay yo‘qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gonkong aeroportida miyovlaydigan 8 metrli ulkan mushuk o‘rnatilgani haqida yozgandi.