Sport

YChL: PSJ mehmonda «Liverpul»ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy 4:0 hisobida zafar quchgan Parij klubi keyingi bosqichga yo‘l oldi
Foto: UEFA

UEFA Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida Fransiyaning PSJ klubi mehmonda Angliyaning «Liverpul» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada parijliklar musobaqaning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: UEFA

Parijda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgan PSJ javob bahsida ham o‘z ustunligini saqlab qoldi. «Enfild» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy qismi teng kurashlar ostida o‘tdi, biroq mehmonlar o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana oldi.

O‘yin hisobi 73-daqiqada ochildi. Xvicha Kvaratsxeliyaning aniq uzatmasidan so‘ng, Usmon Dembele mersisaydliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuvning 90+1-daqiqasida esa Dembele o‘zining ikkinchi golini kiritib, dublni rasmiylashtirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:2.

Foto: UEFA

Parijliklar yarim finalda «Barselona»ni turnirdan chiqarib yuborgan «Atletiko»ga qarshi bahslashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Atletiko» «Barselona»ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborgani haqida xabar bergan edi.