Avto

2026-yilgi Chevrolet Spark rekord savdoni qayd etdi

Braziliyada
2026-yilgi Chevrolet Spark rekord savdoni qayd etdi
2026-yilgi Chevrolet Spark rekord savdoni qayd etdi / Foto: GMAuthority

Chevrolet’ning 2026-yilgi yangi Spark EUV elektromobili Braziliyada eng yuqori oylik savdo natijasini qayd etdi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.

Mart oyida Braziliyada ushbu krossoverdan 628 dona sotildi, bu model uchun rekord natija hisoblanadi. Taqqoslash uchun, avvalgi oylar davomida o‘rtacha savdo hajmi 270 dona atrofida bo‘lgan. Yanvar oyida 196 dona, fevralda esa 159 dona sotilgan bo‘lsa, mart oyida sotuvlar deyarli 3 baravar oshgan.

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Spark EUV Braziliya bozorida jami 983 dona sotilgan. Umuman olganda, model 2025-yil oxiridan buyon mamlakatda 2 546 dona realizatsiya qilingan.

Chevrolet Spark
Foto: GMAuthority

Savdolarning keskin oshishiga asosiy sabab — avtomobilning Braziliyada mahalliy yig‘ilishi boshlangani bo‘ldi. Endilikda model Ceara shtatidagi zavodda ishlab chiqarilmoqda va bu import hajmiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirmoqda. Dastlab oyiga 400 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, keyinchalik bu ko‘rsatkichni oshirish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Traverse avtomobili uchun chegirma e’lon qilingani haqida yozgandi.