Avto

Honda yangi Honda Insight elektromobilini taqdim etdi

Modelda to‘rtta haydash rejimi bor
Honda yangi Honda Insight elektromobilini taqdim etdi
Foto: Honda

Honda kompaniyasi Honda Insight modelining to‘rtinchi avlodini sotuvga chiqarmoqda. Yangi elektromobil dastlab Yaponiya bozori uchun mo‘ljallangan.

Model to‘liq elektr platformada ishlab chiqilgan. U zamonaviy dizayn va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi. Salon haydovchi va yo‘lovchilar uchun keng va qulay qilib yaratilgan. Avtomobilda aqlli isitish tizimi, havo aromatizatsiyasi va dekorativ yoritish mavjud. Shuningdek, premium darajadagi Bose audio tizimi o‘rnatilgan.

Insight’da to‘rtta haydash rejimi bor. Ular Normal, Sport, Eco va Snow rejimlaridir. Elektromobilning yurish zaxirasi 535 kmgacha yetadi. Tezkor zaryadlash orqali batareya 80 foizgacha taxminan 40 daqiqada to‘ldiriladi.

Model tashqi qurilmalarni quvvatlantirish imkoniyatiga ham ega. U 1500 Vt gacha elektr energiya bera oladi. Avtomobil Honda SENSING xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim haydovchiga yordam beruvchi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Insight ishlab chiqarilishi 3000 dona bilan cheklanadi. Shuningdek, oq salonli maxsus ON Limited Edition versiyasi ham taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honda va Sony kompaniyalari Afeela elektromobillarini bekor qilgani haqida yozgan edi.