
Apple kelgusi yillarda iPad Air modelini OLED displey bilan jihozlashni rejalashtirgan. Ushbu model 2027-yilda taqdim etilishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, yangi iPad Air uchun mo‘ljallangan OLED panellarni Samsung Display yetkazib beradi. Shuningdek, kompaniya ushbu panellarni ommaviy ishlab chiqarishni joriy yil oxirida yoki 2027-yil boshida yo‘lga qo‘yishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi avlod iPad Air LTPS OLED texnologiyasiga asoslangan ekran bilan chiqadi. Apple ushbu qurilmani kelasi yil mart oyida taqdim etishi mumkinligi ham bildirilmoqda. Bu hozirgi M4 chipli iPad Air taqdimot vaqtiga yaqin davrga to‘g‘ri keladi.
Hozirda Apple faqat iPad Pro modelida OLED displeydan foydalanmoqda. Shuningdek, iPad mini ham yaqin vaqtlarda OLED ekran bilan taqdim etilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, 2028-yilda MacBook Air noutbuklariga ham OLED texnologiyasi joriy qilinishi ehtimoli qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple «aqlli» ko‘zoynaklar uchun to‘rtta dizaynni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edik.