Avto

Xpeng GX elektromobili 58 ming dollardan sotuvga chiqdi

Avtomobil 15-apreldan ikki xil konfiguratsiyada taqdim etildi
Xpeng GX elektromobili $58 mingdan sotuvga chiqdi
Foto: Sohu

Xpeng yangi Xpeng GX modeliga oldindan buyurtmalarni boshladi. Avtomobil 15-apreldan ikki xil konfiguratsiyada taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Model o‘rta va yirik segmentdagi SUV sifatida pozitsiyalangan. U elektr va gibrid (range-extender) versiyalarda taklif qilinadi. GX’ning dizayni butunlay yangilangan. Avtomobil yopiq radiator panjarasi va zamonaviy yoritish tizimi bilan ajralib turadi.

Foto: Sohu

Salon yuqori darajada jihozlangan. Unda 17,3 dyuymli markaziy ekran, ambient yoritish va massaj funksiyali o‘rindiqlar mavjud. Ikkinchi qatorda multimedia ekran va qo‘shimcha stol ham bor. Texnik jihatdan model kuchli ko‘rsatkichlarga ega. Gibrid versiya 430 km elektr yurish zaxirasi va 1585 km umumiy masofani taklif qiladi.

Foto: Sohu

To‘liq elektr versiya esa 750 kmgacha yuradi. Avtomobil sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. U yo‘l sharoitini real vaqtda tahlil qiladi. Xpeng GX yaqin kunlarda Pekin avtosalonida namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xpeng GX avtomobilining ichki qismi qandayligi haqida yozgan edi.