
20-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 36,78 so‘mga tushib, 12 128,46 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
13-aprel kuni 9,69 so‘mga pasayib, 12 158,59 so‘mni, 14-aprel kuni esa 32,49 so‘mga pasayib, 12 126,10 so‘mni tashkil etdi. 15-apreldan dollar oshishni boshladi: shu kuni 15,28 so‘mga oshib, 12 141,38 so‘m, 16-aprel kuni 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m bo‘ldi. 17-aprel kuni 25,19 so‘mga tushib, 12 165,24 so‘mga tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 32,11 so‘mga oshib, 14 330,65 so‘mni, rubl esa 2,67 so‘mga oshib, 159,42 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.