
O‘zbekistonda faoliyat yuritgan «NPS Personal xususiy bandlik agentligi» MChJga berilgan, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziya bekor qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu ruxsatnoma 2023-yil 15-dekabrda berilgan bo‘lib, agentlikning o‘zi 2026-yil 13-aprelda litsenziyani tugatish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. Shu asosda uning faoliyati rasman yakunlandi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, mazkur agentlik endilikda fuqarolarga xorijda ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega emas.
Rasmiylar fuqarolardan agar ushbu agentlik faoliyati bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlari bo‘lsa, ularni 30-aprelgacha Migratsiya agentligiga taqdim etishlarini so‘ramoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda 23 ta dorixona litsenziyasidan mahrum qilingani haqida yozgandi.