Yangiliklar

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar o‘rniga 20 ta okrug tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda

Avvalo bitta tajriba okrugi tashkil etilib, u bir necha yil davomida sinovdan o‘tkaziladi
Qirg'iziston
Foto: Getty Images

Qirg‘izistonda viloyat, tuman va shaharlar bosqichma-bosqich tugatilib, ularning o‘rnida 20 ta yirik okrugdan iborat yangi boshqaruv tizimi shakllantiriladi. Bu haqda respublika prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Japarovning ma’lum qilishicha, avvalo bitta tajriba okrugi tashkil etilib, u bir necha yil davomida sinovdan o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda yangi tizimning samaradorligi, boshqaruv qulayligi hamda moliyaviy mustaqilligi baholanadi.

Amaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda hozirda 44 ta tuman va 33 ta shahar mavjud bo‘lib, rasmiylar bu tizimni ortiqcha byurokratiya va boshqaruvdagi murakkabliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlamoqda.

Islohot to‘liq amalga oshsa, mamlakat hududi 20 ta okrugga bo‘linadi. Jarayon bir necha yil davom etib, taxminan 3–4 yil ichida yakuniga yetishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda ruscha qishloq nomlarini o‘zgartirish masalasi muhokama qilinayotgani haqida yozgandi.