
Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CinemaCon taqdimotida Paramount Pictures kinostudiyasi «Top Gun» filmining uchinchi qismi ustida ish boshlanganini e’lon qildi. Yangi loyihada Tom Kruz yana asosiy qahramon obrazini gavdalantiradi.
Kinostudiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda uchinchi qism ssenariysi yozilmoqda. Loyihaga prodyuser Jerri Brukhaymer hamda avvalgi qism voqealarini yaratgan ssenariynavis Eren Kryuger jalb qilingan.

2022-yilda rejissyor Jozef Kosinski tomonidan suratga olingan «Mohir mergan» (Top Gun: Maverick) filmi butun dunyo bo‘ylab $1,49 mlrd ishlab topgan edi. Kartina 6 ta yo‘nalishda «Oskar» mukofotiga nomzod bo‘lib, «Eng yaxshi ovoz» nominatsiyasida g‘olib chiqqan.
Avvalgi qismni suratga olish jarayonida kompyuter grafikasidan cheklangan holda foydalanilgan va aktyorlar haqiqiy F/A-18 qiruvchi samolyotlari ichida parvoz qilgan. Suratga olish ishlari boshlanishidan oldin ijodiy guruh maxsus aviatsiya mashg‘ulotlaridan o‘tgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tom Kruz Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgani ahqida xabar bergan edi.
