Yangiliklar

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Muminov Obidjon Odilovich
Obidjon Muminov
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Muminov Obidjon Odilovich Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi. Bu haqda hokimlikning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Obidjon Muminov oliy ma’lumotni 2013-yilda Navoiy davlat pedagogika institutida olgan. Keyinchalik u 2024-yilda Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Davlat boshqaruvi oliy maktabida magistratura bosqichini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish, ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamentiga rahbarlik qilib kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jarqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida yozgandi.