
Rossiyaning Vladikavkaz shahrida sodir bo‘lgan portlashda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Hodisa 17-aprel kuni ertalab shaharning Internatsionalnaya ko‘chasi va Partizanskiy tor ko‘chasi kesishgan hududda yuz bergan. Portlash chiqindi konteynerlarini yuklash jarayonida sodir bo‘lgan. Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan xodim voqea vaqtida hududni tozalash ishlarini bajarayotgan bo‘lgan. Portlash sababli u voqea joyida vafot etgan.
Hodisa joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish olib bormoqda. Mutaxassislar portlash sabablarini aniqlash uchun tekshiruv boshlagan. Prokuratura tomonidan ham tekshiruv tayinlangan. Hudud prokurori voqea joyiga yetib borgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar barcha holatlarni o‘rganmoqda.
Ma’lum qilinishicha, sapyorlar chiqindi mashinasi ichini tekshiradi. Transport vositasi maxsus poligonga olib ketilishi rejalashtirilgan. Hozircha portlashning aniq sababi ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berishni oshirishi mumkin.