
18-aprel kuni Afg‘oniston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi kuchi O‘zbekistonning qator hududlarida ham sezildi. Bu haqda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila soat 07:54:22 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,5 ni tashkil etgan. O‘choq chuqurligi 150 kilometr bo‘lgan. Episentr Afg‘onistonning Badaxshon hududida joylashgan. U Toshkentdan 537 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan.
O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi past darajada sezildi. Surxondaryo viloyatida 2–3 ball kuzatildi. Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon va Namangan viloyatlarida 2 ball qayd etildi. Shuningdek, Toshkent viloyati va poytaxtda ham 2 ball darajasida sezildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘ona viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.