Yangiliklar

Farrux Zokirovning yubileyi, Javohir Sindarovdan g‘alaba — prezidentdan orden, pedagoglarga 50 foizlik chegirma — haftaning muhim yangiliklari dayjesti

13 – 19-aprel davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Tashkent
Haftaning muhim yangiliklari dayjesti / Foto: Kursiv Uzbekistan
Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarida 50 foizlik chegirma beriladi
Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarida 50 foizlik chegirma beriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarida 50 foizlik chegirma beriladi

Mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun bir qator davlat xizmatlari narxida 50 foiz chegirma beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun bir qator davlat xizmatlari narxi umumiy qiymatning 50 foizi etib belgilandi.

Davomi…

Обменять доллар 6 апреля
Fotо: Giorgio Trovato / Unsplash

Dollar kursi hafta davomida qanchaga oshdi

Dollar kursi hafta davomida turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining haftalik o‘zgarishlarini tahlil qiladi.

13-aprel kuni dollar 9,69 so‘mga arzonlab, 12 158,59 so‘mni tashkil etdi. Ertasi kuni pasayish yanada kuchaydi. 14-aprel kuni kurs 32,49 so‘mga tushib, 12 126,10 so‘mgacha kamaydi. 15-apreldan boshlab vaziyat o‘zgardi. Shu kuni dollar 15,28 so‘mga qimmatlab, 12 141,38 so‘mga yetdi.

Davomi…

Uch oyda 1,6 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijga sayohat qildi
Uch oyda 1,6 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijga sayohat qildi / Foto: UzAirports

Uch oyda 1,6 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijga sayohat qildi

2026-yil yanvar – mart oylarida 1 631 234 nafar O‘zbekiston fuqarolari chet elga turistik safarlarni amalga oshirdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan qariyb 111,6 ming nafarga ko‘p ekani qayd etilgan.

Davomi…

Endi aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan xonadonlarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash boʻyicha davlat xizmatining ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Yangi tartibga koʻra, xizmat Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali koʻrsatiladi. Arizalar vakolatli operator tomonidan qabul qilinadi va «E-gaz» tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Davomi…

Фото: President.uz

Prezident Javohir Sindarovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirladi

O‘zbekiston shaxmati tarixida muhim yutuq qayd etgan grossmeyster Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turniridagi g‘alabasi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi tantanali marosimda taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, Sindarov O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor FIDE Nomzodlar turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tarixiy natijaga erishdi. Musobaqa davomida u dunyoning yetakchi grossmeysterlariga qarshi yuksak mahorat, qat’iyat va kuchli iroda bilan ishtirok etib, 14 partiyada 10 ochko jamg‘arib, mag‘lubiyatsiz natija qayd etdi.

Davomi…

Photo: ta’limxabarlari.uz

9 va 11-sinflar uchun yakuniy davlat imtihoni sanalari e’lon qilindi

2026-yil uchun 9 va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari jadvali tasdiqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilari 1-iyundan boshlab ona tili va adabiyot (yoki davlat tili), 4-iyun kuni matematika, 8-iyun kuni O‘zbekiston tarixi fanlaridan imtihon topshiradi. Jismoniy tarbiya fani esa 1 – 6-may kunlari amaliy shaklda o‘tkaziladi.

Davomi…

Bojxona nazorati xavf darajalariga ko‘ra yo‘nalitiladi / Foto: fer737ng / www.depositphotos.com

2026-yildan ayrim tovarlarga 5 va 3 foizlik boj joriy etiladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyuldan boshlab ayrim tovarlarni bond omborlari orqali sotib olishda yangi bojxona va soliq tartiblari amal qila boshlaydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, maxsus elektron savdo platformalari orqali xarid qilingan ayrim texnika vositalari, jumladan smartfon, noutbuk, planshet, maishiy texnika va boshqa qurilmalar uchun 5 foizlik yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Davomi…

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul mukofoti beriladi
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul mukofoti beriladi / Foto: Facebook.com

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul beriladi

Urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi. Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot berildi.

Unda armiyaning jangovar shayligini oshirish, shaxsiy tarkibni yangi tizim asosida o‘qitish va kasbiy tayyorlash ishlari muhokama qilindi.

Davomi…

Farrux Zokirovning 80 yillik yubileyi
Farrux Zokirovning 80 yillik yubileyi / Foto: President.uz

Farrux Zokirovning 80 yillik yubileyi: prezidentdan orden, san’atkor nomidagi ijod maktabi va bolalar ansambli

Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston xalq artisti, milliy estrada san’atining yorqin namoyandasi Farrux Zokirovning 80 yillik tavalludiga bag‘ishlangan tantanali yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda davlat hamda jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari, ijodkor ziyolilar, «Yalla» ansambli a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Prezident so‘zga chiqib, Farrux Zokirovni yubiley sanasi bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Davomi…