
Pekinda o‘tkazilgan yarim marafon doirasida Unitree kompaniyasining H1 nomli gumanoid roboti rekord natija qayd etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Robot murakkab burilishlarga ega bo‘lgan 1,9 kilometr masofani mustaqil ravishda 4 daqiqa 13 soniyada bosib o‘tdi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2023-yil namunasi asosida takomillashtirilgan versiya hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, saralash bosqichida robot harakatni operator aralashuvisiz, to‘liq avtonom tarzda amalga oshirgan. Bu esa texnologiyaning amaliy imkoniyatlarini namoyish etgan muhim jihatlardan biri sifatida baholanmoqda.
Natijaning o‘zi esa alohida e’tibor qozondi. Robotning ko‘rsatkichi 1500 metr standart masofaga proporsional tarzda qayta hisoblanganda, u insonlar o‘rtasidagi jahon rekordidan yuqori natijani ko‘rsatgan bo‘lib chiqadi.
Shu asosda Unitree H1 «1500 metr yugurish bo‘yicha inson rekordini yangiladi» deya bayonot berdi. Biroq gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash emas, balki matematik qayta hisoblash haqida ketayotgani alohida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery 41 ming dollarlik gumanoid robot sotuvini boshlagan edi.