Yangiliklar

Yangihayot tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi — video

Jarohatlanganlar yo‘q
Yangihayot tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi / Foto: Videodan olindi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqida xabar 19-aprel kuni soat 15:23 da kelib tushgan. Hodisa Daryo bo‘yi ko‘chasida joylashgan korxonada sodir bo‘lgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/img_3596.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqdan

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:35 da yetib borgan va yong‘inni o‘chirish ishlari darhol boshlangan. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘in soat 16:01 da to‘liq bartaraf etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi gaz zapravkasida yong‘in chiqqan edi.