
21-aprel kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutiladi. Kunduzgi harorat 20–35° atrofida bo‘ladi, kechasi esa 5–20° gacha pasayadi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 27–29° | 15–17° | Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm | 20–25° | 10–15° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro, Navoiy | 27–32° | 15–20° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand | 24–29° | 13–18° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Qashqadaryo, Surxondaryo | 30–35° | 15–20° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona | 24–29° | 10–15° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Tog‘oldi va tog‘li hududlar | 15–20° | 5–10° | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, sel-suv toshqin xavfi |
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 18 – 23-aprel kunlari sel kuzatilishi mumkinligi haqida yozgan edik.