Avto

Geely Preface i-HEV avtomobilining sotuvi boshlandi

Model narxi $15,6 mingdan boshlanadi
Geely Preface i-HEV avtomobilining sotuvi boshlandi
Foto: Autohome

Geely yangi Geely Preface i-HEV modeli uchun oldindan buyurtmalarni ochdi. CarNewsChina xabariga ko‘ra, Avtomobil uchta komplektatsiyada taqdim etilgan.

Model narxi 107,7 ming yuandan boshlanadi. Bu taxminan $15,6 mingga teng. Eng qimmat versiya esa 119,7 ming yuan yoki $17,3 ming atrofida baholangan. Yangi sedan dizayni avvalgi benzinli versiyaga o‘xshash. Old qismida katta radiator panjarasi va keskin chiziqlar ishlatilgan. Kuzov uzunligi 4,8 metrga yaqin bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2,8 metrni tashkil etadi.

Foto: Autohome

Salon zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Unda 10,2 dyuymli raqamli panel va 14,6 dyuymli markaziy ekran mavjud. Tizim Snapdragon 8155 chipi asosida ishlaydi. Shuningdek, 16 ta dinamikli audio tizim va 50 Vt simsiz quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi.

Foto: Autohome

Texnik jihatdan model gibrid tizim bilan jihozlangan. 1,5 litrli dvigatel va elektr motor birgalikda 308 ot kuchi beradi. 100 km uchun yoqilg‘i sarfi atigi 3,98 litrni tashkil etadi. Geely ushbu model orqali arzon narxda tejamkor va texnologik avtomobil taklif qilishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Geely Galaxy Starshine 7 avtomobili savdoga chiqayotgani haqida yozgan edi.