Yangiliklar

Hindistonda zavod portlashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Zarb kuchi juda katta bo‘lgani aytilmoqda
Hindistonda zavod portlashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi
Foto: India TV

Hindistonning Virudhunagar tumanida sodir bo‘lgan kuchli zavod portlashi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. India TV xabariga ko‘ra, yana olti kishi jarohat olgan.

Jarohat olganlarining to‘rt nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Voqea paytida zavodda 30 ga yaqin ishchi ishlab turgan. Hududda 100 dan ortiq ishchi bo‘lgani aytilmoqda. Portlash xomashyo bilan ishlash vaqtida yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Zarb kuchi juda katta bo‘lgan. Kamida uchta xona vayron bo‘lgan. Yaqin atrofdagi binolar ham jiddiy zarar ko‘rgan. Qutqaruv ishlariga portlashdan keyin ham davom etgan pirotexnika portlashlari xalaqit bergan. Rasmiylar vayronalar ostida yana odamlar qolgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri AQShda erkak sakkiz bolani otib o‘ldirgani haqida yozgan edi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea oilaviy mojaro ortidan yuzaga kelgan. Jami 10 kishi jabrlangan, ularning 8 nafari voqea joyida yoki keyinroq vafot etgan. Qurbonlarning yoshi 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari vakili Kristofer Bordelonning aytishicha, hodisa bir nechta manzilda sodir bo‘lgan. Asosiy voqea G‘arbiy 79-ko‘chadagi uyda yuz bergan. Shuningdek, Harrison ko‘chasida va unga yaqin boshqa manzilda ham bog‘liq holatlar qayd etilgan.