Gadjetlar

iOS 27’da iPhone bosh ekraniga ikki yangi tugma qo‘shiladi

«Bekor qilish» va «Qayta bajarish» tugmalari qo‘shilishi kutilmoqda
iOS 27’da iPhone bosh ekraniga ikki yangi tugma qo‘shiladi
Rasm: macrumors

Apple iOS 27 tizimida iPhone bosh ekran sozlamalarini yangilamoqchi. Bu haqda Bloomberg nashri jurnalisti Mark Gurman ma’lum qildi.

Yangi yangilanishda bosh ekran menyusiga «Bekor qilish» va «Qayta bajarish» tugmalari qo‘shilishi kutilmoqda. Bu foydalanuvchilarga o‘zgarishlarni tezda ortga qaytarish yoki yana takrorlash imkonini beradi.

Hozirda bosh ekran ustida uzoq bosilganda to‘rtta bo‘lim chiqadi. Ular orasida vidjet qo‘shish, sozlash, fonni o‘zgartirish va sahifalarni tahrirlash mavjud.

Apple ushbu menyuni yanada qulay qilish uchun yangi tugmalarni shu yerga qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, iOS 27’da alohida Siri ilovasi paydo bo‘lishi va Apple Intelligence funksiyalari yaxshilanishi mumkin.

Yangi tizim ko‘proq xatolarni tuzatish va barqarorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lishi aytilmoqda.

iOS 27 beta sinovlari iyun oyida boshlanishi kutilmoqda. Yakuniy versiya esa sentabr oyida taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iPhone 18 Pro uchun yangi ranglar ustida ishlayotgani haqida ma’lumot berilgandi. Insayderlarga koʻra, kompaniya bir nechta yangi rang variantlarini sinovdan oʻtkazmoqda.