Yangiliklar

Surxondaryoda «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi

2026-yilning 1 – 7-may kunlari
Surxondaryoda «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi / Foto: O‘zA

Surxondaryo viloyatida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali joriy yilda ham keng miqyosda tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Joriy yilning 1 – 7-may kunlari Boysun tumanida «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tadbirda 40 dan ortiq davlatlardan 100 dan ortiq folklor jamoalarining ishtiroki kutilmoqda.

Festival doirasida turli madaniy va sport tadbirlari ham o‘tkaziladi. Jumladan, kurash, ot sporti, ko‘pkari kabi xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar hamda maishiy hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil qilinadi. Bu tadbirlar xalq an’analari va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Hozirda Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan festivalni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tadbir yakunida eng yaxshi folklor-etnografik jamoalar hamda sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari taqdirlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yildan har ikki yilda bir marta, odatda may oyida Andijon viloyatining Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi.