Yangiliklar

Toshkentda 21-aprel kuni qabristonlarga maxsus avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi

Xristianlarning «Ota-onalarni xotirlash» kuni munosabati bilan
Toshkentda 45, 137 va 6-sonli avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
Foto: Transport vazirligi

Toshkent shahrida 21-aprel kuni xristianlarning «Ota-onalarni xotirlash» kuni munosabati bilan aholi uchun qo‘shimcha transport qatnovlari tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar transport xizmati

Unga ko‘ra, bir kunlik maxsus yo‘nalishlar quyidagicha bo‘ladi:

  • K-1: Buyuk Ipak Yo‘li metrosi – Muhammad Yusuf (Dog‘iston) ko‘chasi – 3-sonli qabriston (O‘rtasaroy);
  • K-2: Qo‘yliq dehqon bozori – 3-sonli qabriston (O‘rtasaroy).

Har bir yo‘nalishda 5 tadan katta sig‘imli avtobuslar (MAN, elektrobus va Yutong) harakatlanadi.

Mazkur yo‘nalishlarda yo‘l haqi 1700 so‘m etib belgilangan bo‘lib, to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi. Avtobuslar soat 06:00 dan 20:00 gacha qatnaydi.

Bundan tashqari, qabristonlar yaqinidan o‘tuvchi mavjud yo‘nalishlarda ham qatnov nazorati kuchaytiriladi. Jumladan, 1-sonli qabriston (Botkin ko‘chasi) bo‘ylab harakatlanuvchi 1, 14, 16, 21, 30, 80 va 96-sonli avtobuslar, shuningdek 2-sonli qabriston (Do‘mbirabod) orqali qatnaydigan 17t va 98-sonli yo‘nalishlarda interval va qatnov muntazamligi qat’iy nazorat qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdan Nurafshongacha 30 daqiqalik avtobus yo‘lagi qurilishi haqida yozgandi.