Yangiliklar

Yangilangan Tracker taqdiri, Yaponiyada kutilayotgan kuchli sunami, o‘zgarayotgan neft narxi — 20-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar

Navoiydagi yangi qo‘shma sanoat parkida ilk korxona ishga tushiriladi
Yangilangan Tracker taqdiri, Yaponiya kutilayotgan kuchli sunami, o‘zgarayotgan neft narxi — 20-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Pexels

Yangilangan Tracker taqdiri, Yaponiya kutilayotgan kuchli sunami, o‘zgarayotgan neft narxi – 20-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik fonida gaz va neft narxi deyarli 10 foizga qimmatlashdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik fonida gaz va neft narxi sezilarli qimmatlashdi
Foto: Pexels

Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat keskinlashgani fonida Yevropada gaz va neft narxi keskin oshdi. Bu haqda Oneinvest.com nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, savdo boshida gaz fyucherslari qariyb 10 foizga qimmatlashgan. Shu bilan birga, brent neft narxi ham ko‘tarildi. Iyun oyiga yetkazib beriladigan neft fyucherslari 7 foizdan ortiq oshib, bir barrel uchun $96,8 ga yetdi.

AQShda erkak sakkiz bolani otib o‘ldirdi

AQShda bir erkak sakkiz bolani otib o‘ldirdi
Foto: Shutterstock

AQShning Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida yuz bergan otishma oqibatida sakkiz nafar bola halok bo‘ldi. Hodisa 19-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea oilaviy mojaro ortidan yuzaga kelgan. Jami 10 kishi jabrlangan, ularning 8 nafari voqea joyida yoki keyinroq vafot etgan. Qurbonlarning yoshi 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari vakili Kristofer Bordelonning aytishicha, hodisa bir nechta manzilda sodir bo‘lgan. Asosiy voqea G‘arbiy 79-ko‘chadagi uyda yuz bergan. Shuningdek, Harrison ko‘chasida va unga yaqin boshqa manzilda ham bog‘liq holatlar qayd etilgan.

Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun qator sohalarda ish o‘rni ochildi: maosh 2,5 ming dollardan boshlanadi

Germaniyada texnik mutaxassislar uchun ish taklif qilindi
Foto: Unsplash

Germaniyada o‘zbekistonliklar texnik kasb egalari uchun yangi ish imkoniyatlari e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Ish o‘rinlari muhandislik, sanoat, logistika va ishlab chiqarish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Qurilish loyihalari rahbarlari, elektr ustalari, mexaniklar, chilangarlar, shuningdek, ombor va ishlab chiqarish xodimlariga talab mavjud.

Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi

Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi
Foto: Reuters

20-aprel kuni Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. NHK nashrining qayd etishicha, hukumat yirik sunami hodisasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiya meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Tinch okeanida, taxminan 10 km chuqurlikda joylashgan. Hodisadan so‘ng sunami xavfi e’lon qilindi. Yer silkinishining magnitudasi 7,5 ga teng bo‘lgani ma’lum qilingan.

Yangi Chevrolet Tracker O‘zbekistonda qachon ishlab chiqariladi

Yangi Chevrolet Tracker O‘zbekistonda qachon ishlab chiqariladi
Foto: Chevrolet

General Motors (GM) kompaniyasi bir nechta davlatlarda yangi Chevrolet Tracker 2026 modelini taqdim etdi. Kursiv Uzbekistan avtomobilning mahalliy bozordagi kelajagi bo‘yicha «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatiga so‘rov yubordi.

Kompaniya matbuot xizmatining «Kursiv» nashriga ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Chevrolet Tracker 2026 modelini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmagan.

Navoiydagi yangi qo‘shma sanoat parkida ilk korxona ishga tushiriladi

Ekran tasviri / centralasia.biwexpo.com

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro forumi doirasida Navoiy viloyati iqtisodiyoti uchun muhim voqea yuz berdi – mintaqadagi yangi qo‘shma sanoat parkining birinchi korxonasi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovning forumdagi nutqida ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik zamonaviy bosqichga ko‘tarilib, asosiy e’tibor yuksak texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilmoqda.

Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar qabuli boshlandi

20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlab oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun ipoteka subsidiya dasturiga arizalar qabul qilina boshlandi.

Mazkur dasturga ko‘ra, Davlat budjeti hisobidan ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Bu imkoniyat oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega pedagoglar uchun mo‘ljallangan.

Toshkentda avtoturargohlar yagona boshqaruv tizimiga o‘tkaziladi

Toshkent shahrida savdo va servis obyektlari yonidagi xususiy avtoturargohlarni shahar boshqaruvining yagona raqamli tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha tajriba loyihasi boshlandi. Bu tashabbus Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi shahar markazida tartibsiz to‘xtash holatlarini kamaytirish, piyodalar harakati uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda transport oqimini tartibga solishdan iborat. Unga ko‘ra, hozir ayrim gavjum hududlarda avtomobillar piyodalar yo‘laklari va kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yayotgani muammo bo‘lib qolmoqda.

Jamoat joyida sovuq qurollarni olib yurishga ikki million so‘mgacha jarima solinadi

pichoq
Foto: Tergov.uz

O‘zbekistonda jamoat joylarida sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyumlarni belgilangan tartibga zid ravishda olib yurish holatlariga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, kasbiy, sport yoki maishiy maqsadlardan tashqari holatlarda sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyumlarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish tartibi kuchaytiriladi.

Sherzod Kudbiyev 50 ming dollarlik soat haqidagi gaplarga izoh berdi

Sherzod Kudbiyev 50 ming dollarlik soat haqidagi gaplarga izoh berdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev $50 minglik soat haqidagi gaplarga izoh berdi. U aksessuar otasi, marhum Davlat Kudbiyevdan meros bo‘lib qolganini tasdiqlagan.

«Birinchi navbatda, juda to‘g‘ri, bu soat menga juda qadrli, ko‘p narsani eslatadi. Lekin qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, davlat xizmatchisi avvalambor kamtar bo‘lishi kerak. Shuning uchun, ayniqsa, yig‘ilishlarda, bunday uchrashuvlarda o‘zini mana shu davlat xizmatchisining etikasiga qat’iy rioya qilishi kerak», – degan qo‘mita raisi.