Yangiliklar

Kichik AES reaktorlari narxi 1 milliard dollarga baholandi

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosariga tayanib
АЭС в Узбекистане
Kichik AES reaktorlari narxi 1 milliard dollarga baholandi / Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi uchun mo‘ljallangan birinchi ikkita kichik reaktor qurilishi taxminan $1 mlrdga tushadi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Suxrob Abdurahmonov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasida ma’lum qildi.

Elektr stansiyasi loyihasi mamlakatning energetik xavfsizligini mustahkamlash va elektr energiyasi manbalarini diversifikatsiya qilish orqali boshqa manbalarga bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Soha vakillari ta’kidlashicha, atom energetikasi nafaqat barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarish manbai, balki iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham muhim turtki sifatida ko‘rilmoqda.

Jizzax AES qurilishi direksiyasi rahbari o‘rinbosari Otabek Amanov bunday loyihalar odatda bir qator sohalar uchun o‘sish nuqtasiga aylanishini ta’kidladi. Bu qurilish sanoati, elektrotexnika ishlab chiqarish va mashinasozlik rivojiga tegishli. Bundan tashqari, loyiha energetika sohasida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va yangi yo‘nalishlar shakllantirishni ham nazarda tutadi.

Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forish tumanidagi AES qurilishi doirasida strategik hamkorlik hujjatlari imzolan va dastlabki beton ishlari boshlangan edi.