Yangiliklar

Mirziyoyeva JSST rahbari bilan nimalarni muhokama qildi

Muloqot davomida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan
Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Tomonlar sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish va farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratgan.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi. Uchrashuvda giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva AQShda biznes hamkorlikni muhokama qilgani haqida yozgan edi.

Unga ko‘ra, uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi biznes hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilingan. Muzokaralar Kengash faoliyati rasman boshlanishi arafasida bo‘lib o‘tgan.