
24-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 26,53 so‘mga tushib, 12 015,96 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
17-aprel kuni 25,19 so‘mga tushib, 12 165,24 so‘mga tenglashdi. 20-aprel kuni esa 6,78 so‘mga tushib, 12 128,46 so‘mni tashkil qildi. 21-aprel kuni 31,13 so‘mga tushib, 12 097,33 so‘m, 22-aprel kuni esa 36,78 so‘mga tushib, 12 060,51 so‘m bo‘ldi. Dollar payshanba kuni ham pasayishni ko‘rsatib, 23-aprel kuni 12 042,49 so‘mga (-18,06 so‘m) tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 96,06 so‘mga tushib, 14 051,46 so‘mni, rubl esa 0,25 so‘mga oshib, 160,30 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.