Sport

Har bahor shu boʻlar takror: «Manchester Siti» gʻalaba qozonib, turnir jadvalida «Arsenal»dan o‘tib ketdi

Foto: mancity.com

Angliya Premyer-ligasining 34-turida «Manchester Siti» safarda «Byornli» mehmoni bo‘lib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba evaziga «shaharliklar» «Arsenal»ni quvib o‘tib, turnir jadvali yetakchisiga aylandi.

Foto: mancity.com

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. 5-daqiqada Jeremi Doku darvozabon bilan birga-bir holatga qochib ketayotgan Erling Holandga pas berdi. Norvegiyalik forvard imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi. Hisobda ortda qolayotgan maydon egalari hujumlarni kuchaytirdi. Biroq Janluiji Donnarumma va himoyachilar ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.

Бернли VS Манчестер Сити - Обзор

Ikkinchi taym ham keskin hujumlarga boy o‘tgan bo‘lsa-da, 1:0 hisobi uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi. Abduqodir Husanov maydonda to‘liq, 90 daqiqa harakat qildi. Sofascore portali o‘zbekistonlik himoyachining o‘yinini 7,7 ballga baholadi.

34-turdan keyin 33 o‘yin o‘tkazgan Pep Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida «Arsenal»ni quvib o‘tib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Shaharliklar» hamda «Kanonirlar» hisobida bir xilda 70 ochkodan bor.

Foto: mancity.com

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda ham Mikel Arteta boshqaruvidagi klub 208 kun davomida APL peshqadamligini hech kimga bermagan. 2025-yilning aprel oyida londonliklar «Liverpul» klubiga 1-o‘rinni bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan edi. Yakunda Mersisayd klubi turnir g‘olibiga aylangan edi.

Ekran tasviri / premierleague.com

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChL doirasida «Arsenal» «Sporting» to‘sig‘idan o‘tib, yarim finalga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.